Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
#nazorat #targ'ibot #monitoring

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 173-sonli farmoniga muvofiq, butun respublika hududida aholini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ro‘yxatga olish (hatlash) jarayonlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbari, senator Abdulla Xolmurodovichga Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani biriktirilgan.

✅Senator Abdulla Xolmurodovich mazkur mas’uliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oshirish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzib, hududda olib borilayotgan ishlarni yanada tizimli va samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu ishchi guruh tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, Xalq deputatlari shahar Kengashining yosh deputati Oybek Qurolboyev ham jalb etildi.

🇺🇿Ishlarni yanada jadallashtirish hamda tuman ko‘rsatkichlarini boshqa hududlarga nisbatan ilg‘or darajaga olib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Statistika boshqarmasi hamda O‘rta Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 3