Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari

📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari

✔️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari shahardagi oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida ish olib bordi.

✔️ Xususan, Samarqand shahar Kengashi deputatlari B. Rahmonov, O. Pardaev va F. G‘aybullayev ayrim yotoqxonalarga tashrif buyurib, talabalar uchun yaratilgan yashash, o‘qish va dam olish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida xonalar holati, ovqatlanish maskanlari, sport maydonlari va ma’naviy-ma’rifiy muhit ko‘zdan kechirildi.

✔️ Deputatlar talabalar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazib, ularning kundalik turmushi, mavjud muammolari, taklif va istaklarini tingladilar. Bunday ochiq muloqotlar talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va dam olish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

✔️ Shuningdek, suhbatlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmuni, belgilangan ustuvor vazifalar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

✔️ Tashriflar yakunida talabalar turar joylarida ta’lim va dam olish muhitini yaxshilash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✔️ Ma’lumot uchun:

Samarqand davlat chet tillar institutida 3 ta yotoqxona – 684 talaba

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2 ta yotoqxona – 615 talaba

Samarqand davlat universitetida 9 ta yotoqxona – 2900 talaba

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2 ta yotoqxona – 580 talaba

Samarqand davlat tibbiyot universitetida 5 ta yotoqxona – 1850 talaba

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 4 ta yotoqxona – 1600 talaba

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 4 ta yotoqxona – 1070 talaba

✔️ Bunday o‘rganishlar talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1