Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Sessiya ishida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-440-son qarori shuningdek, bu bo‘yicha
Farg‘ona viloyati hokimining 2024-yil 26-dekabrdagi 691-11-0-Q/24-son qarorining
ijrosi yuzasidan 2025-yilning o‘tgan dekabr oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash borasida 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida Uchko‘prik tumanida olib borilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori O‘.Yo‘lchiyevning axboroti to‘g‘risida;

tumanda 2025-yilning o‘tgan to‘rtinchi choragida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, shuningdek tuman Ichki ishlar bo‘limi faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limining hisoboti haqida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

tumanda 2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlari yuzasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning hisoboti to‘g‘risida;

tumanda 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga amal qilinishi haqidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 9