Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Tinchlik Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Bugungi globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlik masalasi barcha davlatlar uchun eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Xalqaro ziddiyatlar, geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashqi siyosatini
ochiqlik, muloqot va tinchlik tamoyillari asosida izchil olib bormoqda. 

Shveytsariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki mamlakatimizning global tinchlikni mustahkamlash yoʻlidagi qatʼiy pozitsiyasini
yana bir bor namoyon etdi. 

Mazkur hujjat tinchlikni taʼminlash, mojarolarning oldini olish, davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim xalqaro tashabbusdir. Oʻzbekistonning ushbu jarayonda faol ishtiroki mamlakatimizning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi masʼuliyatli davlat sifatidagi nufuzini yanada oshirmoqda. 

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va pragmatik hamkorlik muhitini shakllantirishga erishdi. Davosdagi ushbu tashabbus ana shu siyosatning mantiqiy davomi boʻlib,
tinchlik-Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi ekanini tasdiqlaydi. 

Deputat sifatida shuni alohida taʼkidlashni istardimki, tinchlik va barqarorliksiz taraqqiyot boʻlishi mumkin emas. Xalqaro maydonda tinchlikparvar tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash orqali Oʻzbekiston, avvalo, oʻz fuqarolarining farovon kelajagi, yosh avlodning tinch va osoyishta hayoti uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. 

Bugun Oʻzbekiston dunyoga urush emas, muloqot; qarama-qarshilik emas, hamkorlik; zoʻravonlik emas, tinchlik tarafdori ekanini amaliy harakatlari bilan isbotlamoqda. Bu esa milliy manfaatlarimizga toʻliq mos keladigan, uzoq muddatli va oqilona siyosatdir.

O'.Akkulov
Zomin tuman Kengashi deputati