Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligi – asosiy mezon

 Davlatimiz rahbari Murojaatnomada ta’kidlaganidek, mamlakatimiz mehnat bozori zamonaviy talablar asosida shakllanib, kasb, malaka, texnologiya va ta’limni o‘zaro bog‘lovchi yagona tizim sifatida faoliyat yuritishi zarur. Bu jarayonda mehnat munosabatlarini qonunchilik
asosida yo‘lga qo‘yish, ishchi-xodimlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu maqsadda
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashiga “Adolat” SDPdan saylangan deputatlar
tashabbusi bilan “Mehnat bozori va mehnat munosabatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar, mehnat munosabatlarini nazorat qiluvchi idoralar vakillari, shuningdek, huquqshunoslar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z
olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Jasurbek Ibrohimov, huquqshunos Azizbek Jalilov hamda Jalaquduq tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ul xodimi
Rayhona Jo‘raeva davlatimiz rahbari Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, yangi mehnat bozori talablari va amaldagi Mehnat kodeksi normalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.
Davra suhbatida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini qonuniy asosda yo‘lga qo‘yish, mehnat shartnomalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, ishlovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

— Har bir xodim ish faoliyatini boshlar ekan, o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi lozim, — dedi huquqshunos Azizbek Jalilov. — Mehnat shartnomasi shunchaki rasmiy hujjat emas, balki xodimning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy kafolat hisoblanadi. Unda ish vaqti, dam olish, mehnatga haq to‘lash, rag‘batlantirish va imtiyozlar aniq belgilab qo‘yilishi kerak. Tadbir davomida ta’kidlanganidek, mehnat bozoriga har yili ko‘plab oliy ma’lumotli yosh kadrlarning kirib kelishi mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, ish beruvchi va ishlovchi o‘rtasidagi mas’uliyatni oshirishni talab etmoqda. Shuningdek, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aholiga yetkazish, fuqarolarning bandlikka
oid murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Davra suhbati yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob va tanlov o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

   

Slide 1 of 5