Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Fuqarolar murojaati e’tiborsiz qolmadi: 8 oylik muammo qisqa fursatda hal etildi.

️Al-Xorazmiy mahallasida joylashgan 11 qavatli ko‘p xonadonli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun so‘nggi sakkiz oy davomida eng dolzarb va og‘riqli masalalardan biri — lift nosozligi bo‘lib kelayotgan edi. Mazkur liftning uzoq vaqt davomida ishlamasligi ayniqsa keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kichik yoshdagi bolali oilalar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirib, kundalik hayot tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.

️Muammoni bartaraf etish maqsadida uy aholisining tashabbuskor vakillari tomonidan sakkiz oy mobaynida turli mas’ul tashkilot va idoralarga bir necha bor yozma va og‘zaki murojaatlar yo‘llangan bo‘lsa-da, afsuski, ushbu murojaatlar kutilgan natijani bermagan. Natijada, fuqarolar muammosi uzoq vaqt davomida ochiq qolib kelgan.

️Chilonzor tumani Bek To‘pi okrugi bo‘yicha xalq deputati Xusainov A.A ishtirokida o‘tkazilgan mahalla yig‘ilishida uy aholisi o‘z muammolarini bevosita deputat e’tiboriga havola qildi. Yig‘ilish davomida lift masalasi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi, ayniqsa keksalar uchun naqadar muhim ekanligi atroflicha bayon etilib, mazkur muammoni ijobiy hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

️Deputat mazkur masalaga befarq bo‘lmay, uni qisqa vaqt oralig‘ida hal etishini ma’lum qildi. Mazkur masalani hal etish jarayonida deputat hamda Al-Xorazmiy mahalla fuqarolar yig‘ini sektor rahbari — Azlyarov A.A tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, murojaatlarning ijrosi tizimli ravishda muvofiqlashtirildi va qat’iy nazoratga olindi.

Natijada, sakkiz oy davomida ishlamay turgan lift to‘liq ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi.