Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasi o‘rganilmoqda

Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasi o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash maqsadida xalq deputatlari tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda mavjud infratuzilma holatini tizimli baholash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalarni joyida aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Xususan, o‘rganishlar davomida hududlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichki yo‘llarning holati, tashqi yoritish tizimi, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanish masalalari atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.

Jarayonga Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Sh. Norsayev, mahalla “yettiligi” a’zolari, mahalla faollari hamda aholi vakillari jalb etilib, fuqarolarning murojaatlari va hududlarda mavjud muammolar bevosita joyida tinglanmoqda. Aholi bilan ochiq muloqotlar orqali muammolarni manzilli aniqlash, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalarni umumlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar va muammolar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularning ijrosini ta’minlash, zarur hollarda deputatlik so‘rovi va boshqa deputatlik mexanizmlaridan foydalanish orqali muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Mazkur tadbirlar Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan “mahalla — davlat va jamiyat boshqaruvidagi muhim bo‘g‘in” tamoyilidan kelib chiqib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda joylarda ochiq va samarali boshqaruvni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6