Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (16–19 mart)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
янв.21
Deputat mahalla Ijtimoiy hodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputat Yoshlar bilan!
янв.21
Deputatlar savdo majmualari va bozorlarda bo‘ldilar
янв.21
Deputat yoshlar bilan!
янв.21
Xatirchi tumani Maydon mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida muhim loyiha amalga oshirildi.
янв.21
Kutubxona – ilmning eng halol ustozi. U hech kimni ortiq ko‘rmaydi, har bir tashrif buyurgan kishiga imkon beradi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Yuqori archa” mahallasida ochiq muloqot — aholi muammolarini kechiktirmasdan hal etish uchun qat’iy vazifalar belgilab, aniq mas’uliyat yuklatildi

 “Yuqori
archa” mahallasida ochiq muloqot — aholi muammolarini kechiktirmasdan hal etish
uchun qat’iy vazifalar belgilab, aniq mas’uliyat yuklatildi
 

  

Farg‘ona
tuman Kengashi deputati Baxodir Axmadjonov mahalla yettiligi bilan hamkorlikda
“Pastki archa” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla
yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xolis
hisobotlar tinglandi. Eng muhim — aholini bezovta qilayotgan dolzarb muammolar aniq
belgilandi va ularni hozirgi sharoitda kechiktirish mumkin emasligi qat’iy ta’kidlandi.
 

Muloqot davomida hokim yordamchisining faoliyati
tanqidiy tahlil qilindi. Aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalar daromadini oshirish
va barqaror ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qayta baholanib,
natija bermayotgan yo‘nalishlar keskin isloh qilish vazifasi qo‘yildi.
 

Shu bilan birga, mahallaning infratuzilmasini
yaxshilash bo‘yicha dolzarb masalalar — ichimlik suvi, yo‘llar, elektr ta’minoti,
hudud xavfsizligi kabi yo‘nalishlarda aniq va amaliy takliflar ishlab chiqildi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlarini tezkorlashtirish bo‘yicha
mas’ullarga tayin vazifalar yuklatildi.
 

Mazkur takliflarni hududiy ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturiga kiritish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishilib,
har bir vazifa bo‘yicha ijro muddatlari belgilab qo‘yildi.
 

Ochiq muloqot mahalla hayotidagi eng
o‘tkir muammolarni ochiq va tamoman amaliy yondashuvda muhokama qilish, ularga tezkor
yechim topish va jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
  

Slide 1 of 6