Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
DEPUTAT NAZORATI

 Joriy yilning 24-noyabr kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati, Oliy Majlisi Senati a'zosi Aksavli Tumishova, Zarafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Erkin Davlatov, Zarafshon shahar elektr ta’minoti boshlig'i Xurshid Gadoevlar tomonidan Yangi Zarafshon mahallasining elektr ta'minoti korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar o'rganildi. Xususan, Yangi Zarafshon mahallasida elektr ta’minoti korxonasining 2025 yilning 11 oyi davomida elektr ta’minotini yaxshilash bo’yicha amalga oshirilgan ishlari ko’rib chiqildi. Zarafshon shahrining og’ir hududlaridan biri bo’lgan Yangi Zarafshon MFY hududida elektr energiyasini uzatish tarmoqlari eskirganligi va transformator punktlari aholi iste’molchilariga teng taqsimlanmaganligi, ta’mirtalab holatiga kelganligi sababli ushbu hududda elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, bu esa aholi iste’molchilarining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Aholi iste’molchilarining murojaatlarini ijobiy hal qilish, ularni sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-330 qarori asosida Yangi Zarafshon MFY hududida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 402 dona temir beton tayanchlar, 14.6 km havo elektr uzatish tarmoqlari va 2 dona quvvati 250 va 400 KVA bo‘lgan transformatorlar yangidan o‘rnatilgan. Shuningdek mazkur elektr uzatish tarmog‘ining 12.206 kilometriga zamonaviy SIP-2 hamda 17 km. ga SIP-4 kabellari tortilgan. Hududda joylashgan transformator punktlarini iste’molchilarga teng taqsimlash maqsadida KTP-611, KTP-636 larni hudud markaziga ko‘chirilib foydalanishga topshirilgan. Yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida 708 ta aholi va 16 ta ulgurji iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti tubdan yangilangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2024 yildagi PQ-430 sonli qaroriga asosan, Yangi zarafshon MFY da 3,6 km yuqori va past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 65 dona temir beton tayanchlari va 1 dona yangidan qo‘shimcha transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 7