Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
18-Noyabr — O‘zbekiston bayrog‘i: millat g‘ururi hilpiraydigan sana!

Har bir xalqning yuragida unga kuch, birlik va g‘urur bag‘ishlaydigan ramzlar bo‘ladi. O‘zbekistonimizning ham shunday ulug‘ va qadrli timsollaridan biri — Davlat bayrog‘i. Yurtimizda 18-noyabr kuni bu muqaddas ramz qabul qilingan kun sifatida e’zozlanadi. Bayroq — bu shunchaki mato emas; u xalqning tarixi, ruhiyati va mustaqillik ruhi mujassam topgan osmono‘par belgidir.

Tarixning muhim lahzasi

1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini mustahkamlovchi yana bir ulkan qadamni qo‘ydi. Oliy Kengash tomonidan yangi milliy bayroq tasdiqlandi va u mustaqil O‘zbekistonning butun dunyoga yuz tutgan ilk ramzlaridan biriga aylandi. Shu kundan boshlab bayrog‘imiz xalqaro maydonlarda hilpirab, o‘zbek nomining dovrug‘ini taratib kelmoqda.

Bu sana – nafaqat siyosiy qaror qabul qilingan kun, balki ming yillar davomida shakllanib kelgan xalq ruhining ranglar orqali mujassam bo‘lib, butun jahon maydoniga kirib kelgan buyuk daqiqadir. 

18-noyabr O‘zbekistonda nafaqat rasmiy bayram, balki xalqni birlashtiruvchi ma’naviy sana sifatida nishonlanadi. Maktablarda, oliygohlarda, muassasalar va mahallalarda bayroqning qadr-qimmati haqida ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. 

Davlat bayrog‘i — xalqning eng muqaddas timsollaridan biri. 18-noyabr sanasi esa bizni tarixga qaytaradi, mustaqillikning ilk izlarini yodga soladi, bir vaqtning o‘zida kelajak sari ishonch bilan qadam tashlashga undaydi. Bayrog‘imizni asrab-avaylash, uni ulug‘lash — Vatanga bo‘lgan sadoqatning eng yorqin ko‘rinishidir.

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov