Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Chinobod MFYda joylashgan 33-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Alisher Navoiy MFYda joylashgan 14-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Qish mavsumiga tayyorgarlik holati qanday ko’rinishda

 Hademay, qahraton qish fasli kirib keladi. Xo‘sh, bunga joylarda qanday hozirlik ko‘rilyapti. Tuman Kengashi deputati A. G‘oziev o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari bilan tayyorgarlik ishlarini
o‘rgandi.
 

"Istiqlol" mfy hududidagi yakka tartibdagi tadbirkor N. Isroilova mudirlik qilayotgan ta’lim muassamasida 25 nafar tarbiyalanuvchi bor. Xonalar zamonaviy jihozlangan. Xonalar elektr asbobi yordamida isitilyapti. Mudir yaqin orada gazlashtirish ishlari boshlanishini bildirdi.  

Hududdagi Z. Abdullaeva direktorlik qilayotgan 14-IDUMda mavsumga puxta hozirlik ko‘rilgan. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

G. Begmatova isitish DXShga o‘tgandan keyin namunali holga kelgan.-Qozonxona va boshqa isitish qurilmalari o‘sha tashkilot tomonidan amalga oshirildi. Ko‘mirni ham o‘zlari olib kelishadi. Quvonchlisi, maktabimizning qozonxonasidan yonimizdagi 18-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalari ham mo‘tadil issiqqa ega bo‘lishyapti. Qozonxonaning bir me’yorda ishlab turishi, H.Alibekovlarning
nazoratida. Ularga sharoitlar yaratib berilgan.
 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘quvchilar sinf xonalarida yengil kiyimda ta’lim olmoqdalar. Kezi kelganda shuni aytish zarur. Maktabda yozgi va qishki sport maydoni va zal yo‘q.  

"Neftchilar" mahallasi o‘ramida joylashgan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mavsumga hozirlik ko‘rish ancha mushkul ahvolda. Maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Zuhraxon Begmatova unga aytib, bunga aytib charchaganini kuyinib gapirdi. DXSH tashkiloti sozlab bergan motor ishlamayapti ekan. Qozonxonaga suv to‘ldirishda, o‘t yoquvchilarni topishda qiynalayotganini aytdi. Agar ahvol shunday bo‘lsa, 29 ta sinf xonalari, 860 nafar o‘quvchilar qanday qilib sovuq kunlardan chiqib
olishadi.
 

Hududdagi yakka tartibdagi tadbirkor R. Shamsutdinova mudirlik qilayotgan xususiy bog‘chada xonalar issiq, qozonxona ishlab turibdi. Suratlarda: yuqorida "Istiqlol" mfydagi tashkilotlar. Pastdagi suratlarda "Neftchilar" mfydagi tashkilotlar aks etgan. 

Slide 1 of 11