Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Chinobod MFYda joylashgan 33-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Deputat uchrashuvi

 #deputat 

#murojaat 

#qabul 

Deputat Anvar Abdurahmonov o‘z saylovchilari muammolariga yechim topmoqda 

Xalq deputatlari
Ohangaron tuman Kengashi deputati, 24-Nurobod okrugidan saylangan xalq vakili Anvar
Abdurahmonov hudud aholisi bilan navbatdagi uchrashuv va qabulni o‘tkazib, fuqarolarning
dolzarb murojaatlarini joyida o‘rgandi va ularga amaliy yechimlar topdi.
 

🔍 Deputat Anvar Abdurahmonovning asosiy e’tibori saylovchilar
bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning hayotiy muammolarini tezkor hal
qilishga qaratilgan. Deputatning navbatdagi qabul jarayonida ham mahalliy aholini
qiynayotgan bir qator muammolar ko‘rib chiqildi.
 

🔍 Qabulda hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillari ko‘p
qavatli turar-joy binolari tevaragida daydi itlarning ko‘paygani va ko‘chada harakatlanib
ketayotgan shaxslarga tashlanayotgani, issiqlik tizimidagi nosozliklar va uyning
tashqi fasad plitalari orasi ochilib qolgani, 4-qavat tomidan suv o‘tayotgani va
buning oqibatida elektr simlari shikastlangani, 36, 37, 38, 39-ko‘p qavatli uylar
atrofiga bolalar uchun maydoncha qurib berish, moddiy yordam ajratilishida amaliy
yordam berishni so‘rab, murojaat qilishdi.
 

🔍 Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni
joyida ijobiy hal etish bo‘yicha aniq choralarni belgilab, mutasaddi tashkilotlarni
jalb qildi.
 

🔍 Deputat Anvar Abdurahmonovning shaxsan aralashuvi bilan
Kim Nikolay va Jamila Bozorqulovaning uy-joy bilan bog‘liq muammolarini hal etish
uchun ustalar joyiga yuborilib, yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf
etish ishlari amalga oshirildi. Gulnora Axmadqulovaning uy-joyini o‘z nomiga o‘tkazish
borasidagi hujjat masalasi Uy-joy bo‘limiga yo‘naltirilishi fuqaroning sarson bo‘lishini
oldini oldi.
 

Deputat Anvar
Abdurahmonov: "Bizning asosiy vazifamiz – xalqning ishonchini oqlash. Har bir
murojaat ortida bir oilaning taqdiri, bir fuqaroning ehtiyoji turadi. Agar muammoni
joyida hal qilish imkoni bo‘lmasa, uni tegishli tashkilotga yo‘naltirib, ijrosini
nazoratimga olaman. Nurobod okrugi aholisining har bir talabi men uchun ustuvor."
 

🔍 Ushbu qabul deputatning o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyati
naqadar yuqori ekanini ko‘rsatdi. Deputat Anvar Abdurahmonov o‘z okrugidagi ijtimoiy
va kommunal muammolarni hal etish yo‘lida faol ishlashda davom etmoqda.
  

Slide 1 of 4