Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko'rildi

Uzun tumani 2-sonli politexnikumda xalq deputatlari Uzun tuman Kengshi deputatlari Azamjon Kamolov hamda Dilorom Safarova tomonidan tuman Kengashi kotibiyati jamoasi bilan hamkorlikda o'quv binosining 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan nazorat tadbirlari bo’lib o’tdi.

Jarayonda ta'lim maskanidagi issiqlik tizimining texnik holati, tom qismi va kirish yо‘lagi, quvurlar va uskunalarning ta’miri, elektr taqsimlovchi shitlarning holati, shuningdek, tizimlarni bosim ostida yuvish orqali tozalash ishlari qay tarzda amalga oshirilayotgani yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. 

Tashrif davomida deputat ta'lim muassasasidagi issiqlik tizimining texnik holati, energiya tejamkor uskunalarning mavjudligi, binolarning izolyasiya holati va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va ta’lim muassasasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida barqaror ishlashni ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi. 

Aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi, bajarilishi nazoratga olindi.                                                                               

Slide 1 of 1