Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Ishchi guruh faoliyatidan migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

          Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi deputatlar va tegishli tashkilot rahbarlari tumandagi migratsiyada bo‘lgan va migratsiyadan qaytgan ayollar bilan tizimli ishlash samaradorligini oshirish maqsadida mahalalarda bo‘lishdi. 

          Deputatlar va mahalla mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Xususan, mehnat migratsiyasiga ketgan ayollarning oila a’zolari, voyaga yetmagan farzandlari holati va ular duch kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi. 

          Jumladan, mahallalarda xotin-qizlar faollari va ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada kuchaytirish, ota-onasi migratsiyada bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim va tarbiya tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, mehnat migratsiyasidagi ayollar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 

          Shu bilan birga, mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan ishsiz xotin-qizlarni bandlikka jalb etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Ayollarning kunlik ish bilan ta’minlanishi, kasbga o‘qishi va kichik biznes yo‘nalishlarida faol bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. 

          Migratsiya masalalaridan tashqari, ishchi guruh vasiylik va homiylikka olingan bolalar bilan ishlash, shar’iy nikoh asosida qurilgan oilalardagi holat, erta tug‘ruqlarning oldini olish va 102 ishonch raqami orqali kelib tushgan murojaatlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha ham faoliyat olib bormoqda.  

          Tuman miqyosida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oilalarda barqarorlikni ta’minlash va bolalar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar izchil davom ettiriladi va doimiy deputatlar hamda jamoatchilik 

Slide 1 of 5