Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar

 Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik holatini o‘rgandilar
 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023 yil 10 apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy
sherikchilik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ–118-son qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida tumandagi bir qator ta’lim va tarbiya muassasalarida kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi.
 

Jumladan, ishchi guruh tumandagi
21-, 30-, 32-, 65-umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 6-son maktabgacha ta’lim
tashkilotida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
 

Tashrif davomida deputatlar ta’lim
muassasalaridagi isitish tizimlari va tarmoqlarining holati, yoqilg‘i zaxiralari,
muhandislik kommunikatsiyalari hamda binolarning mavsumiy talablarga mosligi bo‘yicha
o‘rganishlar olib bordilar.
 

Ta’kidlash lozimki, mazkur muassasalar
bino va inshootlarini isitish mas’uliyati tumandagi “Sharq javohiri” davlat-xususiy
sheriklik korxonasi zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi kunda korxona ishchilari tomonidan
reja-grafik asosida biriktirilgan muassasalarda tizimdagi mavjud nosozliklarni bartaraf
etish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
 

O‘rganishlar jarayonida deputatlar
tomonidan “Sharq javohiri” davlat-xususiy sheriklik korxonasi rahbariyatiga korxonaga
biriktirilgan muassasalarda issiqlik tizimi tarmoqlarini profilaktik ta’mirlash
va sinov ishlarini isitish mavsumi boshlangunga qadar sifatli yakunlash zarurligi
ta’kidlandi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
 

Shu bilan birga, deputatlar ta’lim
muassasalarida yoshlarning sog‘lom va qulay sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishini
ta’minlash muhim vazifa ekanligini alohida qayd etdilar.
  

Slide 1 of 9