Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Deputatlar tumandagi tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rganishni davom ettirmoqdalar

 Deputatlar tumandagi tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rganishni
davom ettirmoqdalar
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlab
o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar, jumladan
“90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” doirasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida,
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi tibbiyot muassasalarida
olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
 

Shu doirada deputatlar Yangi hayot
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 4-son oilaviy poliklinikada
“Hamkor-House SSS” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan
qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.
 

O‘rganishlar jarayonida ma’lum
bo‘lishicha, binoning birinchi qavatida suvoqlash hamda xonalarni ajratish devorlarini
ko‘tarish ishlari olib borilayotgan, ikkinchi qavatida esa plita yotqizishga tayyorgarlik
ishlari ketmoqda. Qurilish ishlari sifatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Shu
bilan birga, deputatlar qurilish mas’ullariga sovuq kunlar boshlanguncha barcha
ishlarini tez va sifatli yakunlash zarurligi haqida tegishli tavsiyalar berdilar.
 

Shuningdek, deputatlar poliklinika
faoliyati vaqtincha ko‘chirilgan binodagi sharoitlar bilan ham tanishib, tibbiy
xodimlar hamda kunduzgi bo‘limda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdilar.
Ular bemorlarga ko‘rsatilayotgan birinchi tibbiy yordam, dori–darmon ta’minoti holati
bilan qiziqib, tibbiy xodimlarga tegishli tavsiyalar berdilar.
 

Qayd etish joizki, mazkur tashriflar
tumanda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, aholiga qulay va sifatli
tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda Prezident topshiriqlarining samarali ijrosini ta’minlashga
qaratilgan keng qamrovli ishlarning muhim qismi hisoblanadi.
  

Slide 1 of 8