Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Qonunchilik palatasi deputati Quva tumanida

 Qonunchilik palatasi deputati Quva tumanida 

  O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati S.O. Jumaeva, xalq deputatlari
viloyat hamda Quva tuman Kengashi deputatlari birgalikda tumandagi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy ahamiyatga ega ob’ektlarda o‘rganish ishlarini olib bordilar.
 

  Tashrif
doirasida, deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil
8-maydagi 171-son qaroriga muvofiq aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni,
jumladan, tumandagi “Omad Shifo” klinikasida yoshi ulug‘, yordamga muhtoj hamda
nogironligi bor shaxslarga kunduzgi qatnov asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, nogironligi
bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tinchlik mahallasida tashkil etilgan
maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati, tumandagi Qorashox mahalla fuqarolar
yig‘ini aholisining tomorqalarini sug‘orishdagi muammolari bo‘yicha murojaatlari,
Turkravot mahalla fuqarolar yig‘inidagi “mahalla yettiligi” faoliyati, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat ta’minoti, “Qubo shahristoni” arxitektura
majmuasini YuNESKO umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish va boshqa bir qator
masalalarni o‘rgandilar, shuningdek deputatlar Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini
hududidagi fermer xo‘jaliklari paxtakorlari bilan ham uchrashdilar.
 

  Bundan
tashqari S.O. Jumaeva tomonidan xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tumandagi
siyosiy partiyalar rahbarlari bilan suhbat uyushtirildi va hamkorlikda olib borilishi
lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
  

Slide 1 of 9