Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
"Ochiq byudjet" orqali amalga oshirilayotgan loyihalar – deputatlar nazoratida

 "Ochiq byudjet" orqali amalga oshirilayotgan loyihalar – deputatlar nazoratida 

  Joylardagi islohotlar
samaradorligi, byudjet mablag‘larining maqsadli va shaffof sarflanishi –
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu ma’noda, Xalq deputatlari Quva
tuman Kengashi deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati, Yuksalish
umummilliy harakati Farg‘ona viloyati bo‘linmasi rahbari N.Elchieva bilan
birgalikda tumandagi "Ochiq byudjet" portali orqali moliyalashtirish
yutib olingan ob’ekt va loyihalarning joylarda amalga oshirilishi holatini
o‘rgandilar.
 

  Deputatlar, xususan Chilon
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, tuman obodonlashtirish bo‘limi
balansidagi Chilon qabristonida qurilgan bino va inshootlar, Kandabuloq
mahallasida joylashgan 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’mirlash ishlari,
o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar, Damariq mahallasida joylashgan 8-son maktabgacha ta’lim
tashkilotida mavjud binolarni kapital ta’mirlash shuningdek, ushbu mahalladagi
56-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy oshxona qurilishi, maktab
atrofini beton devor bilan o‘rash ishlarini o‘rgandilar va loyiha mas’ullariga
o‘z tavsiyalarini berdilar.
 

  Deputatlar tomonidan mazkur
tashrif orqali loyihalarning samaradorligi va shaffofligini ta’minlash,
aholining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, shuningdek, mahalliy
muammolarga tezkor yechim topishga xizmat qilish maqsad qilindi.
 

  Amalga oshirilayotgan har bir
loyiha ortida xalqning ishonchi va yuksak intilishlari turibdi. Shunday ekan,
ushbu ishlarning ochiq va samarali amalga oshirilishi hamisha deputatlar va
jamoatchilik diqqat markazida bo‘ladi.
  

Slide 1 of 8