Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман депутат Исломов Аҳмад Ҳайдарович Қурғонтепа маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида аҳоли, айниқса ёшлар ва болалар учун яратилган спорт инфратузилмасининг ҳолатини ўрганди.
янв.21
Туман депутат Исломов Аҳмад Ҳайдарович фуқаролар билан бирга.
янв.21
Туман депутат Исламов Аҳмад Ҳайдарович Қурғонтепа маҳалла фуқаролар йиғинида бўлди.
янв.21
Туман Кенгаши котибият мутахассиси Т.Ярашев Мирдош маҳалла фуқаролар йиғинида бўлди.
янв.21
Туман Кенгаши котибият мутахассиси Т.Ярашев Мирдош маҳалла фуқаролар йиғинида бўлди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибиятининг ишчи ўрганиши: Муаммо ва ечим.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши “Мадад” нодавлат нотижорат ташкилоти билан ҳамкорликда.
янв.21
Туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Камолов Шохрух Эргашевич томонидан жойларда ўрганиш ишлари амалга оширди.
янв.21
Туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Камолов Шохрух Эргашевич томонидан жойларда ўрганиш ишлари амалга оширди.
янв.21
Туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Камолов Шохрух Эргашевич томонидан жойларда ўрганиш ишлари амалга оширди.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari himoyada yoxud deputat targ‘ibot ishlarini olib bormoqda

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami — xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning hayotga faol jalb etilishi hamda munosib mehnat sharoitlariga ega bo‘lishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 405-sonli qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu qaror doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga davlat tomonidan maxsus subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bu esa, nafaqat imkoniyati cheklangan insonlarning hayotida, balki mahalliy tadbirkorlik muhitida ham ijobiy o‘zgarishlarga zamin yaratadi.

Mazkur muhim hujjat mazmuni va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Muhiba Sayfiddinova joylarda targ‘ibot tadbirlari olib bormoqda. Deputat joylarda aholi, tadbirkorlar va ijtimoiy soha vakillari bilan uchrashib, qarorning mohiyati, imkoniyatlari va amaliy ahamiyati haqida tushuntirishlar bermoqda.

— Bu qaror nafaqat ijtimoiy tenglikni ta’minlashga xizmat qiladi, balki tadbirkorlikni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir tadbirkor bunday insonlarga ish berib, nafaqat subsidiya oladi, balki jamiyat oldidagi mas’uliyatni ham ado etadi. Biz bu imkoniyatni har bir fuqaroga yetkazishni maqsad qilganmiz - deydi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Muhiba Sayfiddinova.

Targ‘ibot jarayonida aholi o‘rtasida savol-javoblar, bevosita tushuntirishlar hamda huquqiy maslahatlar berildi. Tadbirkorlar esa bunday imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Nogironligi bo‘lgan shaxslar esa bunday yondashuvni e’tirof etib, ularni qo‘llab-quvvatlashda amaliy qadamlar qo‘yilayotganini alohida qayd etdilar.

Slide 1 of 3