Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман депутат Исломов Аҳмад Ҳайдарович Қурғонтепа маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида аҳоли, айниқса ёшлар ва болалар учун яратилган спорт инфратузилмасининг ҳолатини ўрганди.
янв.21
Туман депутат Исломов Аҳмад Ҳайдарович фуқаролар билан бирга.
янв.21
Туман депутат Исламов Аҳмад Ҳайдарович Қурғонтепа маҳалла фуқаролар йиғинида бўлди.
янв.21
Туман Кенгаши котибият мутахассиси Т.Ярашев Мирдош маҳалла фуқаролар йиғинида бўлди.
янв.21
Туман Кенгаши котибият мутахассиси Т.Ярашев Мирдош маҳалла фуқаролар йиғинида бўлди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибиятининг ишчи ўрганиши: Муаммо ва ечим.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши “Мадад” нодавлат нотижорат ташкилоти билан ҳамкорликда.
янв.21
Туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Камолов Шохрух Эргашевич томонидан жойларда ўрганиш ишлари амалга оширди.
янв.21
Туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Камолов Шохрух Эргашевич томонидан жойларда ўрганиш ишлари амалга оширди.
янв.21
Туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Камолов Шохрух Эргашевич томонидан жойларда ўрганиш ишлари амалга оширди.
#MUNOSABAT

 Tadbirkorlik – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tayanchi 

Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Bu jarayonda tadbirkorlarning o‘rni beqiyosdir. Prezidentimiz 2024 yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida ham tadbirkorlik faoliyati mamlakat taraqqiyotining asosiy omili ekanini alohida ta’kidladi. 

Mamlakatimizda oxirgi yillarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Yakka tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilganlar, shu bilan birga tadbirkorlikka endi qadam qo‘yayotganlar uchun qator imtiyoz va yengilliklar yaratildi. Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridanoq tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ishiga asossiz to‘sqinliklarni bartaraf etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi. 

So‘nggi 8 yil ichida turli sohalarga 230 milliard dollar investitsiya kirib keldi, shundan 120 milliard dollardan ziyodi xorijiy sarmoyadir. Bu mamlakatimizdagi investitsiyaviy muhitning ijobiy o‘zgarishidan darak bersa, iqtisodiyotimiz jahon inqirozlari sharoitida ham barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiy o‘sish 7,2 foizni tashkil etdi. 

Kichik va o‘rta biznes vakillari ham qisqa vaqt ichida katta natijalarga erishmoqda. Birgina o‘tgan yili 1600 ta mikro korxona o‘z aylanmasini 10 milliard so‘mdan oshirib, o‘rta korxonaga aylandi. 143 ta korxona esa 100 milliard so‘mdan ortiq oborotga erishib, yirik biznes safiga qo‘shildi. Bu esa mamlakatda tadbirkorlik rivoji uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasini ko‘rsatadi. 

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlaydigan, davlatimizni boy qiladigan va xalqimiz hayotini farovon qiladigan kuch bu – tadbirkorlardir.  

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Vapayev