Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (16–19 mart)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
янв.21
Deputat mahalla Ijtimoiy hodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputat Yoshlar bilan!
янв.21
Deputatlar savdo majmualari va bozorlarda bo‘ldilar
янв.21
Deputat yoshlar bilan!
янв.21
Xatirchi tumani Maydon mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida muhim loyiha amalga oshirildi.
янв.21
Kutubxona – ilmning eng halol ustozi. U hech kimni ortiq ko‘rmaydi, har bir tashrif buyurgan kishiga imkon beradi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📝 Yig‘ilish: Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash choralari muhokama qilindi

 Bugun Oltinsoy tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbari Abdulxakim Eshmurodov, shuningdek, Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahrom Mahmatrayеmov ishtirok etdi.
📌 Kun tartibidagi asosiy masala 

Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala — oliy ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar tomonidan tumanda bu yo‘nalishda olib borilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
⚠️ Kamchiliklar tanqid qilindi 

Olib borilgan tahlil va o‘zaro muloqotlar davomida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. Ayrim mas’ul shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va sustkashliklar uchun jiddiy ogohlantirishlar berildi.
Xulosa 

Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlar zimmasiga bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga doir aniq vazifalar va topshiriqlar yuklatildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish, yoshlarga munosib sharoitlar yaratish masalalari kelgusida ham qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 9