Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (16–19 mart)
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
янв.21
Deputat mahalla Ijtimoiy hodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputat Yoshlar bilan!
янв.21
Deputatlar savdo majmualari va bozorlarda bo‘ldilar
янв.21
Deputat yoshlar bilan!
янв.21
Xatirchi tumani Maydon mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida muhim loyiha amalga oshirildi.
янв.21
Kutubxona – ilmning eng halol ustozi. U hech kimni ortiq ko‘rmaydi, har bir tashrif buyurgan kishiga imkon beradi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamtovich “Guliston” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

 Joriy yilning 18-avgust kunida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamtovich tuman hududidagi umumta’lim muassasalarida yangi 2025–2026 o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rganish maqsadida “Guliston” mahallasida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi. 

Deputat ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi, sinf xonalarining ta’mir holati, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar bilan ta’minlanganligi, maktab hovlisi va sanitariya holati, o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi kabi bir qator masalalar yuzasidan joyida o‘rganish ishlarini olib bordi. Shuningdek, maktab rahbariyati bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. 

Deputat maktabda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini ijobiy baholab, ayrim jihatlar bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalarini berdi. Shuningdek,
o‘quvchilarga munosib ta’lim sharoiti yaratish, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish uchun mas’ullar zimmasiga aniq vazifalar yuklatilishini ta’kidladi.
 

Xalq vakillarining ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibori hamda joylardagi ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlardan
bir namuna sifatida baholanadi.
 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 4