Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Tuman Kengashi deputati Maqsud Musurmonov tomonidan maktablarining 2025-2026-o'quv yiliga tayyorligi borib o'rganildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Maqsud Musurmonov tomonidan tumandagi Birlashuv mahallasi hududida joylashgan 15 va 22-umum ta'lim maktablarining 2025-2026-o'quv yiliga tayyorligi borib o'rganildi.

O‘rganish davomida yangi o‘quv yiliga zarur darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash holati, o‘quvchilarning o‘rindiqlari, partalar va sinfxonalar jihozlanishi alohida e’tiborga olindi. Maktabda ta’mirlash ishlari qisman yakuniga yetkazilgan bo‘lib, o‘quvchilarni munosib kutib olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilyapti.

Yangi o‘quv yilida kuz-qish mavsumining og‘ir sharoitlarida o‘quvchilarning salomatligini saqlash maqsadida isitish tizimining ishlash holati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur tizimda hozirda texnik sozlash ishlari olib borilayotgan bo‘lib, mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirilishi rejalashtirilgan. 

15 va 22-umumta’lim maktablarida yangi 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘quv maskanlari jamoasi tomonidan o‘quvchilarga zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar e’tiborga molik. Deputat ushbu maktablarning holatini doimiy nazoratga olish va zarur yordamlarni ko‘rsatishni davom ettirishini bildirdi. 

Slide 1 of 5