Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
OLTINSOY TUMANIDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturining ijrosi, jumladan: 

kasalliklar profilaktikasi holati, 

sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, 

to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, 

aholi salomatligini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, 

hamda 2025-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Rahmonov Murtaza Abdixalilovich qatnashib, mavzuga oid hisobot taqdim etdi. U o‘z so‘zida tumanda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, birinchi bosqich tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi, aholi orasida profilaktik tadbirlar samaradorligi, shuningdek, ayrim kasalliklar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va ularni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan bir qator savollar berildi hamda takliflar ilgari surildi. Jumladan, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, tibbiy kadrlar malakasini oshirish, qishloq joylarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, bolalar va ayollar salomatligiga qaratilgan dasturlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

Yig‘ilish yakunida sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, davlat dasturi ijrosini to‘liq ta’minlash va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 3