Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
ШАҲАР КЕНГАШИНИНГ СЕССИЯСИ ЎТКАЗИЛДИ

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2025-yilning birinchi yarim yilligi davomida shahar prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot eshitildi.

Shundan so‘ng shahar hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2025-yilning 2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh. Dusanov hisobot berdi.

Shuningdek, sessiyada Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2025-yil birinchi yarim yilligi davomidagi daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi shahar bo‘limi boshlig‘i A.Raxmonovning hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida “Ikrom Nasrullaev” MChJ rahbari I.Nasrullaevning hisoboti deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masalalar, ya’ni Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy byudjetining 2025-yil 2-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi, Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy byudjeti xarajatlarini 2025-yilda maqbullashtirish natijasida shakllangan qo‘shimcha manbalarni yo‘naltirish to‘g‘risida, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2024-yil 14-fevraldagi “Xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida”gi VII-6-13-7-106-K/25-sonli qarorining ilovasiga tegishli o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-2-08-7-106-K/24-sonli qarorining ilovasiga tegishli o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatining deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorlari deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 7