Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Anklav hududlarda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi va fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi

 Anklav
hududlarda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi va fuqarolarga huquqiy yordam
ko‘rsatildi
 

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
kotibiyati tashabbusi bilan tuman Kengashi deputatlari ishtirokida Farg‘ona tumani
tarkibidagi anklav hududlardan biri — Shohimardon va Yordon mahalla fuqarolari yig‘inlari
hududida keng ko‘lamli o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi.
 

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — anklav
hududlardagi aholi turmush sharoiti, mahalla faoliyati, jumladan, “mahalla yettiligi”ning
aholi bilan ishlashdagi samaradorligini baholash, joylarda mavjud muammolarni aniqlash
va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tashabbuslar ishlab chiqishdan
iborat bo‘ldi.
 

Yordon
mahallasidagi o‘rganish jarayoni
 

Yordon mahalla fuqarolari yig‘inida olib
borilgan o‘rganishlar davomida mahalladagi “yettilik”ning tashkiliy tuzilmasi, a’zolarning
faoliyati, ularning mahalladagi ijtimoiy masalalarni hal etishdagi ishtirok darajasi
tahlil etildi. Shuningdek, yettilikning xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlari, mahallaning infratuzilmaviy, ijtimoiy
va iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslari atroflicha ko‘rib chiqildi.
 

Mahalla yettiligi a’zolari va deputatlar
o‘rtasida doimiy aloqa va hamkorlik o‘rnatilgani, mahallaning o‘ziga xos muammolari
tuman darajasiga yetkazilayotgani hamda ayrim masalalarga yechim topilayotgani qayd
etildi.
 

Huquqiy
yordam va muloqot
 

Tashrif doirasida mahallaga tashrif buyurgan
fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etildi. Murojaat etgan shaxslarga ularning
huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar
berish maqsadida bepul huquqiy maslahatlar ko‘rsatildi.
 

Qator fuqarolar o‘zlarini o‘ylantirayotgan
muammolar, masalan, yer-u uy masalalari, ijtimoiy ta’minot, mehnat munosabatlari,
pensiya ta’minoti, aloqa va transport sohalariga oid masalalar bo‘yicha savollar
bilan murojaat qildilar. Barcha murojaatlar diqqat bilan eshitilib, tegishli
tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun protokolga kiritildi.
 

Xulosa va kelgusi rejalar 

Ushbu
tashrif anklav hududlarda davlat va jamoat tuzilmalari faoliyatini
muvofiqlashtirish, aholiga yaqinlashtirilgan xizmat ko‘rsatish va turmush
sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
 

 

Tashrif yakunlari bo‘yicha
aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli davlat idoralariga
taklif va taqdimnomalar kiritilishi, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga
qo‘yish maqsadida alohida faoliyat rejalari ishlab chiqilishi belgilandi.
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
kotibiyati
   

Slide 1 of 6