Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Chinobod MFYda joylashgan 33-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi o‘tkazildi.

 Joriy yilning 28-yanvar kuni xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi o‘tkazildi.  

Sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.  

   1. Tuproqqalʼa tuman prokurori M.Sapayevning tuman hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025-yil birinchi yarimidagi faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida. 

2. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida. 

3. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda saylovchilardan tushgan murojaatlar yuzasidan tuman tashkilotlari rahbarlariga yuborilgan deputat so‘rovlariga javob berish holatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida. 

4. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha III chorak reja-grafigini tasdiqlash to‘g‘risida. 

5. Adolat partiyasi tuman bo‘limi tomonidan, “Yoshlar salomatligi – partiya eʼtiborida” loyihasi doirasida jamoatchilik nazorati tartibida davlat va
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi bolalar o‘rtasida kuzatilayotgan “yassi oyoqlik” va “skolioz” kasalliklarini o‘rganish maqsadida tashkil qilingan tibbiy ko‘rik natijalari to‘g‘risida.
 

6. Tuproqqalʼa tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Sh.Atabayevning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari va mahalliy budjetining 2025-yil 6-oylik ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

7. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining oshirib bajarilgan qismi hamda elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan tushum mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

8. Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida. 

9. 2024-2025-o‘quv yili yakunlari, bitiruvchilarni oliy taʼlimga qamrab olinishi va bandligini taʼminlash yuzasidan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i Sh.Ro‘zibayevning hisoboti to‘g‘risida.  

Mazkur masalalar yuzasidan Kengash deputatlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 3