Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Oila mustahkamligi – jamiyat barqarorligining asosi

           Хalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Artiqova Oybibi Sa’dullayevna tomonidan “Qadriyat” mahallasida oila mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish, milliy qadriyatlar va ma’naviy hayotni mustahkamlashga qaratilgan bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Deputatning tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda oilalardagi ijtimoiy-ruhiy muammolar, o‘zaro kelishmovchiliklar, ajrimga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, yosh oilalar o‘rtasida oilaviy tarbiya, sabr-toqat, bag‘rikenglik va milliy qadriyatlar haqida tushuntirish ishlari samarali tashkil etildi.

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar, oilalarga amaliy maslahatlar berish, muammoli oilalarni yarashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijasida bir qator ajrim yoqasida turgan oilalar qayta yarashtirilib, tinchlik va hamjihatlik muhiti tiklanishiga erishildi.

Artiqova Oybibi Sa’dullayevna tomonidan olib borilayotgan bunday faoliyat xalq vakillarining mas’uliyati, oila institutlarini mustahkamlashdagi faol o‘rnini yanada namoyon etmoqda.

Slide 1 of 1