Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
“Dolzarb 90 kun” amaliy tadbir.

 “Dolzarb 90 kun” doirasida amaliy tadbir. 

 Jamiyatda yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ta'limi va ma'naviy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish — davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. 

Shu ma'noda, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oqoltin tuman Kengashi deputati Esanbay Babaev tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar bilan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv Oqoltin tumani politehnikumida ta'lim olayotgan hamda ingliz tilini chuqur o'zlashtirayotgan o'quvchi yoshlar bilan bo'lib o'tdi. 

Mazkur muloqotda yoshlar uchun horijiy tillarni o'rganishning ahamiyati, bugungi globallashuv jarayonida til bilimlari orqali keng imkoniyatlar eshigi
ochilayotgani ta'kidlandi. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va samarali o'tkazish, ularning intellektual va ma'naviy salohiyatini
yuksaltirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. 

Deputat E.Babaev ta'limga bo'lgan qiziqishni oshirish, yoshlarni ilmiy va amaliy faoliyatga jalb etish bo'yicha bir qator taklif va tavsiyalarini bildirib,
ularni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini alohida ta'kidladi. 

Tadbir davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va kelgusi rejalar haqida fikr almashdilar. 

Shu kabi uchrashuvlar yoshlarning salohiyatini ro'yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi va “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi sifatida qayd etiladi. 

   

Slide 1 of 4