Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun, 24-iyul kuni "Boboyurt" mahallasida aholi bilan navbatdagi ochiq va samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tuman kengashi deputati Eldor Erkaboyev hamda viloyat kengashi deputati Abdurasul Bababekovlar ishtirok etib, 2025-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar xususida saylovchilarga batafsil axborot berdi.

📝 Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar, jumladan:

ichimlik suvi ta’minoti,

yo‘l infratuzilmasi,

bandlik masalalari,

ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimidagi takomillashtirish zaruriyati kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.

📝 Deputatlar har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topilishini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilab oldilar. Mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar vakillari ham ushbu muloqotda faol ishtirok etdilar.

Bunday uchrashuvlar saylovchilar bilan ochiq muloqot va hisobotlilik tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7