Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Guliston MFYda joylashgan 34-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
XALQ DEPUTATLARI KEGEYLI TUMAN KENGASHINING O‘NINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 Kegeyli tumani hokimligi majlislar zalida sessiya ochildi. Sessiyani tuman
hokimi A.Kamalov boshqardi.
 

Sessiya majlisi kun tartibida; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli
qarori ijrosi bo‘yicha 2025-yilning birinchi yarmi davomida tuman hududida olib
borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori I.Abdullayevning axboroti
tinglandi.
 

Shuningdek, Kegeyli tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Sherimbetovning
2025 yilning birinchi yarim yilligi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish
va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi
hisoboti eshitildi.
 

Shundan so‘ng Kegeyli tumani Adliya bo‘limi boshlig‘ining 2025 yilning
birinchi yarim yilligi davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma
ijodkorligi ishlari hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi
axboroti eshitildi.
 

Sessiya kun tartibida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Kegeyli tumani
bo‘limi boshlig‘i M.Xoshanovning mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini
hal etish jamg‘armasining 2025 yilning birinchi yarim yilligi davomidagi
daromadlari va xarajatlarining bajarilishi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida hamda
Kegeyli tumani hududidagi mahallalar va ovullarning chegaralarini belgilash
to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilib, fikr-mulohazalar tinglanib, tegishli
qarorlar qabul qilindi.
  

Slide 1 of 10