Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Paraxun" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan
янв.21
Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida
янв.21
Keksalarning holidan habar olindi
янв.21
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilmoqda
янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Toshquloq MFYda joylashgan 9-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
янв.21
Yangirabod MFYda joylashgan 35-maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.
SENATORLAR MIROBOD TUMANIDA MANZILLI ISHLAR MASALASIDA UCHRASHUV O‘TKAZDI

Yurtimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholining tinch va osoyishta hayotini kafolatlash, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida mahallalarda xavfsizlikni
taʼminlashga oid mutlaqo yangi yondashuv va mexanizmlardan foydalanmoqda.
 

Prezidentimizning PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda maxsus shtablar tashkil etilgan bo‘lib, ularning faoliyati parlament huzuridagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda. 

Xususan, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrining Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida bo‘lib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuvda xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyat mudiri, Toshkent shahar prokurori, Mirobod tuman prokurori, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va mas'ul xodimlar ishtirok etdi.

“Ijtimoiy profilaktika”, “namunali xavfsiz yo‘lak” va “namunali xavfsiz ko‘cha” loyihalarini amalga oshirish yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Ayniqsa, qizil toifaga kiruvchi mahallalar bilan manzilli va tizimli ishlash, yashil toifadagi namunali mahallalar tajribasini ommalashtirish muhimligi taʼkidlandi. 

Shuningdek, mahallalarni to‘liq videokuzatuv tizimi bilan qamrab olish, probatsiya hisobida turuvchi yoki muqaddam sudlangan shaxslarning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida hal etishga alohida eʼtibor qaratildi. 

Olib borilayotgan ishlar natijasida mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatlar sonini kamaytirish va fuqarolar hayotida barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar kuchaytirilmoqda.  

Slide 1 of 10