Xiva shahrining infratuzilmasini modernizatsiya qilish doirasida, rekonstruksiya rejasiga tushgan uylarning egalariga Xiva shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholiga tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Shahar aholisi bo‘layotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, boshlanayotgan bunyodkorlik ishlariga nisbatan ijobiy munosabat bildirishdi. Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz ushbu yangilanishlarni mamlakatimiz taraqqiyoti va osoyishtaligi yo‘lidagi muhim qadam sifatida qabul qilib, yurtimiz tinchligi uchun duoga qo‘l ochdilar.
Xiva shahrining zamonaviy qiyofasini shakllantirish va aholiga qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar davom etmoqda.📣
✅Sultonnazirov Sherzodbek Abdulla o'g'li.