📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi raisi Saidolim Nasretdinov Boyqo‘rg‘on mahallasi hududida fuqarolar murojaati asosida ko‘chalardagi holatni ko‘zdan kechirdi.
📌O‘rganish davomida ayrim ko‘cha qismlarida elektr kabellari yotqizilgani va buning natijasida asfalt qoplamasi buzilgani aniqlandi.
❗️Mas’ul tashkilot vakillariga elektr kabeli yotqizish ishlari yakunlanganidan so‘ng buzilgan asfalt qoplamasini belgilangan tartibda qayta tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
✅Murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ishlari davom ettiriladi.