Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov hamda 19-Koʻliodina saylov okrugidan deputat F.Oʻrinova bilan birgalikda Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 2025-yil 9-sentyabrdagi “Vobkent tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yil 2-mavsum yakunlariga koʻra “Openbudget.uz” portalida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi VII-17-105-2-33-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib bordilar.
🔍Oʻrganish jarayonida Vobkent tumani “Koʻliodina” MFY hududida joylashgan 22-son umumtaʼlim maktabida boʻlinib, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida xarid qilingan jihozlar va boshqa tovar-moddiy boyliklar bilan yaqindan tanishildi.
📁Nazorat tadbiri davomida xarid qilingan mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlari, ularning taʼlim jarayonini yaxshilashdagi ahamiyati hamda belgilangan maqsadlarda foydalanilishi yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi.
⏩Taʼkidlanganidek, “Tashabbusli byudjet” loyihalari aholining takliflari asosida shakllantirilishi bilan bir qatorda, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️ Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi tomonidan “Tashabbusli byudjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.