Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati M.Naimova hamda tuman Kengashi deputatlari F.Shodiyeva va D.Hayitovalar bilan birgalikda tumandagi “Rozmoz” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, xotin-qizlar bilan bogʻliq muammolarni oʻrgandilar.
👥 Oʻrganishlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy himoyasi, bandligini taʼminlash, turmush sharoitlarini yaxshilash hamda mavjud muammolarini bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
📝 Shuningdek, mahalla faoli tomonidan xotin-qizlar bilan ishlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar oʻrganildi.
🏠 Oʻrganishlar jarayonida uy-joy bilan taʼminlash masalasida muammosi mavjud fuqaro G.Joʻrayevaning murojaati ham tinglandi. Murojaat yuzasidan tegishli tartib-taomillar va amaldagi qonunchilik talablari boʻyicha tushuntirishlar berilib, masalani hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash boʻyicha tavsiyalar bildirildi.
✔️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.