Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan — fuqarolar murojaatiga ijobiy yechim!

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Toʻlqin Joʻrayev tomonidan 2026-yil 17 aprel kuni tumandagi “Buxoro suv taʼminot” AJ Vobkent tumani filiali boshligʻiga yoʻllangan 40-ds-284-26-sonli deputat soʻrovi asosida quyidagi muhim masalalarga ijobiy yechim topildi, xususan soʻrovda bildirilgan “Anjirbogʻ” MFY Anjirbogʻ koʻchasiga oʻtkazilgan ichimlik suvi quvuri tez-tez yorilishi sababli ichimlik suvining yoʻqotilishiga hamda yoʻlning taʼmirtalab boʻlishiga sabab boʻlayotganligi” borasidagi muammo oʻrganilib, korxona ishchilari tomonidan nosoz suv quvurlari taʼmirlandi hamda muammo ijobiy hal qilib berildi.

Slide 1 of 7