Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan olib borayotgan ishlar samarasi, aholini kambagʻallikdan chiqarish holati o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat “Xalach” MFYda oʻrganish tadbirlarini olib bordi.
янв.21
DEPUTAT MUAMMONI OʻRGANDI VA AMALIY CHORA KOʻRILMOQDA
янв.21
VOBKENT TUMANIDA KITOXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHGA EʼTIBOR KUCHAYMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Toʻlqin Joʻrayev “Anjirbog’” MFYda oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
VOBKENT TUMANIDA XAVFSIZLIK VA HUQUQ-TARTIBOT MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
VOBKENT TUMANIDA MADANIYAT SOHASIGA EʼTIBOR KUCHAYMOQDA
янв.21
Vobkent tumanida yerdan samarali foydalanish boʻyicha oʻrganishlar olib borildi
янв.21
Doimiy komissiyalar yigʻilishida muhim masalalar muhokama qilindi
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA

16-Oybek saylov okrugi deputati G. Togayeva hamda viloyat Kengashi deputati Sh. Nosirova saylov okrugidagi mahallalarda bo‘lib, hududdagi holatni joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati hamda sanitariya ahvoli ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.Chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha “REGIAL” mehmonxonasi va “Stimul Navoiy” MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma atroflicha o‘rganildi.

 Talqoq mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hamda hududdagi “REGIAL” mehmonxonasi va jami 7 ta ko‘p qavatli uy uchun 4 ta chiqindi konteyneri o‘rnatilgani, chiqindilar MChJ tomonidan har kuni olib ketilayotgani aniqlandi. Biroq mavjud konteynerlar aholi va mehmonxona ehtiyoji uchun yetarli emasligi qayd etildi.

 Mazkur holatni inobatga olib, deputatlar tomonidan qo‘shimcha chiqindi konteynerlari o‘rnatish masalasi yuzasidan deputat so‘rovi chiqarishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3