Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan navbatdagi muhim yo‘nalishlarda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
📍 Bugun deputat “Shamchiroq” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligining hisobotini tingladi hamda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
💬 Uchrashuv davomida:
▪️ Mahalladagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
▪️ Fuqarolarning murojaatlari eshitildi
▪️ Muammolarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Bu kabi uchrashuvlar hududlarni yanada rivojlantirish va aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.