Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI FAOLIYATI OʻRGANILDI.
янв.21
Kiberxavfsizlik – bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri!
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Mexriniso Hasanova “Latifsobungar” MFYda oʻrganish ishlari olib bordi.
янв.21
Deputat saylov okrugidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Anvar Kenjayev “Xayrxush” MFYda oʻrganish tadbirlari olib borildi.
янв.21
“MIRVOSHI” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
Deputat saylov okrugida oʻrganish tadbirlarini olib bordi.
янв.21
Loyihalar ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashdagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Jovliyev Ravshan hududdagi ichimlik suvi bilan ta’minlash va aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlarini yaqindan o‘rgandi. Ushbu jarayonni tuman kotibiyati bosh mutaxassisi Mahliyo Choriyeva bilan hamkorlikda o'rgandi. Hozirda Yuqori Tallashqon mahallasida 31 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i o‘rnatilmoqda. Ushbu loyiha hudud aholisi uchun sifatli va doimiy ichimlik suvi ta’minlashni maqsad qilgan bo‘lib, mablag‘ Islom Taraqqiyot Banki orqali ajratilgan. Deputat ish jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, suv quvurlari o‘rnatilishining sifati, ishning muddatlari va xavfsizlik talablariga rioya qilinayotganligi bilan tanishdi. Shu bilan birga, loyiha yakunlangach, mahalla aholisi ichimlik suvi bilan muntazam va uzluksiz ta’minlanishi, ayniqsa qish mavsumida aholining ehtiyojlari to‘liq qondirilishi ta’minlanadi. Ushbu qurilish ishlari, shuningdek, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va ekologik sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1