Bugun tuman Kengashi deputatlari O‘.Akkulov, M.G‘oibnazarov, P.Tojiboyevlar O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida bo‘lib, yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida deputatlarga agentlikda tashkil qilingan “yoshlar shtabi” agentlik tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Agentlik rahbari tomonidan hududda yoshlar tashabbusi bilan ekilayotgan noyob manzarali ko‘chatlar, ularning parvarishi hamda ushbu tashabbusning ekologik ahamiyati haqida alohida ma’lumot berilidi.
Uchrashuv yakunida yoshlar siyosatini yanada samarali amalga oshirish, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.