Deputat mahallada: O‘zbekiston XDP To‘rtko‘l tuman Kengashi
tomonidan amalga oshirilayotgan “Deputat mahallada” loyihasi doirasida
“Yaxtilik” MFY hududida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda xalq
deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi
Y.Matniyazov mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari va fuqarolar bilan
ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor saylovchilarni qiynab
kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish masalalariga
qaratildi. Xususan, mahallada obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ichki
yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash,
ijtimoiy soha obektlari hamda boshqa infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha
taklif va murojaatlar tinglandi hamda tegishli soha mutasaddilariga deputat so‘rovi yuborildi.