Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

     Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 16-Yulduz saylov okrugi deputati X.Yusubaliyeb Yulduz MFY mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

      Deputat mahalla faollari bilan uchrashib, ularning ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy sohalardagi faoliyatini tahlil qildi. Mahallada oila va jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, yoshlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

    Uchrashuv yakunida deputat mahalla faollarining tajribalarini keng joriy etish va xotin-qizlar faolligini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 4