Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev Balandchaqir MFY hududida barpo etilayotgan “IT-Park” obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu jarayon obyektning qurilish holati, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga qurilish jarayonlarini jadallashtirish va sifat talablariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha kelgusida yoshlar uchun zamonaviy bilim va innovatsiyalar maskaniga aylanishi, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 3