Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
HUDUDDAGI “XALACH SANOAT” ZONASI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan — fuqarolar murojaatiga ijobiy yechim!
янв.21
Deputat tashabbusi bilan — fuqarolar murojaatiga ijobiy yechim!
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TOʼGʼRISIDAGI QONUN TARGʼIB QILINDI
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi kotibiyatida shahar va tuman Kengash kotibiyatlari uchun seminar tashkil etildi

18-aprel kuni Samarqand viloyatning xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi kotibiyatida Samarqand viloyatining shahar va tuman Kengash kotibiyatlari uchun seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda viloyat, shahar va tuman Kengashlari kotibiyati mudirlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda dastlab xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi uchun ajratilgan alohida bino, unga yaratilgan sharoitlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Seminar ishtirokchilari mazkur binodagi qulayliklar bilan tanishish asnosida ish hujjatlarining yuritilishi, Kengash sessiyalarining o'tkazilish tartibi, Kengash qarorlarining jildlari, doimiy komissiyalar va deputatlarning faoliyatini aks ettiruvchi to'plamlar bilan tanishishdi.

So'ngra tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahalla yettiligi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, aholini kambag'allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlarning bandligini ta'minlash borasidagi ishlar bilan tanishishdi.

Seminar doirasida tumanda joylashgan "Bog'bon" invintrro labaratoriyasi bilan ham tanishildi. u yerda deputatlar tomonidan ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi ta'minlanganligi, korxona bilan olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi.

Keyingi manzil tumandagi "SofExpo - Samarqand ko'rgazmalar markazi"da mehmonlar va xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi raisi bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Jomboy tuman Kengashi raisi tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida taqdimot qilindi.

Uchrashuv yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan seminarda olgan ta'surotlari, qilinishi kerak bo'lgan ishlar va ish faoliyatida uchrayotgan muammolar to'g'risida fikrlar va takliflar bildirildi.

Shuningdek, xalq deputatlari Jomboy tumani kengashi kotibiyati Kengash kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etganligi, deputatlik nazoratini muntazam olib borayotganligi uchun xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 14