Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati F.Shodiyeva “Mirvoshi” MFYda oʼrganish ishlari olib bordi.
янв.21
Hududdagi “Openbudget.uz” portalida gʻolib deb topilgan loyihalar nazoratga olindi.
янв.21
Ta'lim maskanida qurilish taʼmirlash ishlari nazoratga olindi.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA.
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 96-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Mirobod tumani hokimligi katta majlislar zalida Ikkinchi chaqiriq Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 96-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga ko’ra deputatlar Mirobod tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.G.Axunovning Mirobod tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tuman prokuraturasi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha Mirobod tumani 2-sektorida 2023-yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari, Mirobod tuman IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O.Xodjaevning Mirobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida 2023-yil davomida tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha Mirobod tumani 3-sektorida 2023-yilning 4-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Mirobod tumani Xalq qabulxonasi tomonidan 2023-yil davomida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Mirobod tumani Xalq qabulxonasi mudiri I.U.Akramovning axboroti va Mirobod tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i J.Oripovning Mirobod tumanida 2023-yil yakunlariga ko‘ra mahalliy byudjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida, Mirobod tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini 2023-yil to‘rtinchi chorak yakuni bo‘yicha ishlatilishi to‘g‘risida, Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatga yo‘naltirish to‘g‘risidagi axborot va hisobotlar eshitildi.

Sessiyada Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Hakimov G’ulomjon hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari Shoira Saidjabbor, Jasur Matchanov, Naimova Nodiraxonlar so‘zga chiqishdilar va tegishli hisobdorlarga o’z savollarini berib, 2024-yil bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan asosiy ishlarni bo’yicha takliflar berildi.

Slide 1 of 6