9-Roxkent saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Dilorom Qodirova Guliston MFY faollari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori asosida “Guliston” MFYdagi 540-o‘quv o‘rinli 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rekonstruksiya qilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Qurulish ishlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berdi.