Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
To‘rtko‘l XDP: Partiya guruhi yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab olindi

 To‘rtko‘l XDP: Partiya guruhi yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab olindi 

  O‘zbekiston XDP To‘rtko‘l tuman kengashi va Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining O‘zXDP deputatlik guruhining qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 312-sonli qarorining To‘rtko‘l tumanida ijrosi
bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Unda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim boshlig‘i R.Allambergenov, To‘rtko‘l tuman partiya kengashi raisi A.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari Z.Abdullayeva, S.Gichgeldiyeva va Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi a’zolari ishtirok qildi. 

Majlisda deputatlar tomonidan «Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlangan bo‘lib, jumladan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish, kasb-hunarga o‘rgatish orqali ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik loyihalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan
ishlar muhokama qilindi.
 

Deputatlik guruhi yig‘ilishi kun tartibida muhokama qilingan masala yuzasidan bildirilgan fikr va takliflardan kelib chiqib, ushbu
masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga olib chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, partiya tashkilotlari va deputatlar faoliyatining 2024-yil reyting yakunlari bo‘yicha tuman ko‘rsatkichini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Hususan, deputatlar tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etishda deputatlik so‘rovi institutidan samarali foydalanish, joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish va OAVlarda chiqishlarni tashkil etish ishlarini yanada jonlantirish masalalari yuzasidan vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 5