Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
MIROBOD TUMANIDAN SAYLANGAN DEPUTATLAR 2025-YILNING BIRINCHI CHORAGIDA AMALGA OSHIRGAN FAOLIYATI YUZASIDAN SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev va Xalq deputatlari Mirobol tuman Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning partiya guruhi a’zolari ishtirokida 7-Ming o‘rik saylov okrugiga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan axborot berdi. 

“Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda “Movarounnahr”, “Mingo‘rik”, “Afrosiyob”, “Farovon” va “at-Termiziy” mahallalarida yashovchi fuqarolar faol ishtirok etdi. Uchrashuvda deputat o‘z faoliyati doirasida bajarilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida batafsil
axborot taqdim etdi.
 

Axborotda qayd etilishicha, 2025-yilning birinchi choragi davomida deputat tomonidan jami 35 ta sayyor qabullar o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu qabullarda 625 nafar fuqaro ishtirok etgan.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarning 127 ta taklif va murojaatlari tinglangan, ularning aksariyati amalda ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning asosiy qismini issiqlik ta’minoti bosimining pastligi, suv-oqava yo‘llarining nosozligi kabi kommunal masalalar tashkil qilgan. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yo‘llanib, ularning ko‘pchiligi hal etilgan.
  

Slide 1 of 7