Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Deputat-chegara hududidagi mahallada

 7-aprel kuni 39-Xovos saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov Xovos tumani “Xovosobod”
mahallasidagi saylovchilari bilan uchrashdi.
 

 Tojikiston Respublikasi bilan chegara hududida joylashgan fuqarolarga dastlab Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlat rahbarlari uchrashuvida qabul qilingan muhim qarorlar haqida tushuncha berildi. 

Shundan so‘ng deputat A.Abduraxmanov xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘tgan chorakdagi faoliyati haqida axborot berar ekan, viloyat Kengashining 11 ta sessiyasi o‘tkazilgani, 36 ta rahbarning hisoboti, 31 ta rahbarning axboroti tinglangani, 7 ta nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilgani hamda sessiyada qabul qilingan ayrim qarorlar xususida batafsil axborot berdi.  

Muhtaram Prezidentimizning PQ-93-sonli qarorlari bilan 2500 yillik tarixga ega bo‘lgan “Xovos tepaligi” yodgorligi hamda 12 ta qadamjoni rekonstruksiya va restavratsiya qilish rejalashtirilgani qayd etildi. Uchrashuvda saylovchilardan tushgan savollarga batafsil javob berildi, ko‘tarilgan muammolar ijro uchun yozib olindi. 

Slide 1 of 2